📚 Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida navbatdagi dars mashg‘uloti
📚 Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida navbatdagi dars mashg‘uloti
Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetining Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 23-11 guruhida “Miqdorlar va ularni o‘lchash. Miqdor tushunchasi va uning turlari” mavzusida dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
🧮 Mashg‘ulotni Achilov Jamoliddin Shakirovich olib bordi. Dars davomida talabalar miqdor tushunchasining mazmuni, uning turlari hamda o‘lchash birliklari bilan tanishdilar. Amaliy misollar orqali bilimlarini mustahkamlashdi va o‘quv jarayonida faol ishtirok etishdi.