img Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti
Yorqin kelajakni birgalikda quramiz!
bg-banner
shape

Qonunchilik yangiliklari

Post image
31.07.2025 09:33
Nodavlat OTMlarning ayrim talabalariga davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatiladi

Hukumat qarori (№181 02.05.2023) bilan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM tasdiqlandi.

Post image
30.07.2025 09:18
Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli vatandoshlar! Mamlakatimizda yagona va ahil oila bo‘lib yashab kelayotgan 130 dan ziyod millat va elatlar vakillari bo‘lgan siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda ko‘pmillatli butun xalqimizni 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Post image
25.07.2025 09:45
Nogironligi bo‘lgan abituriyentlar minimal baldan past olsa, kvota yordam beradimi?

OTM ga qabul qilishda nogironligi bo‘lgan abituriyentlar uchun qo‘shimcha 2% lik davlat granti kvotasi ajratiladi. Biroq, bu kvotaga kirish uchun abituriyentlar uchun belgilangan talab bor.

Post image
18.07.2025 15:06
Xastalikka chalingan millat

Havo, suv va ovqat… Bular hayot uchun zarur bo‘lgan elementlar. Tez orada inson yashashi uchun zarur bo‘lgan bu elementlar yoniga telefonlarimizni ham qo‘shsak, ajab emas. Negaki, smartfonlar allaqachon hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurdi. Biror narsa haqida bilmoqchimisiz? Googledan qidiring. Biror narsani hisoblash kerakmi, marhamat, kalkulyator. Biror joyga borish kerak bo‘lsa va u manzilni bilmasak ham qo‘rqishga hojat yo‘q. Axir smartfonimizda butun dunyoni besh qo‘liday biladigan xarita bor-ku!

Post image
18.07.2025 14:28
Talabalar qanday qilib grantni saqlagan holda o‘qishni ko‘chirishi mumkin?

15-iyuldan xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi. Shu munosabat bilan, Hudud-24 mavzu yuzasidan muhim savollarga javob berdi.

Post image
18.07.2025 08:33
Endi Vengriya har yili O‘zbekiston fuqarolari uchun 200 tagacha stipendiya ajratadi

2025-yil 17-iyul kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Vengriya Hukumatlararo Iqtisodiy Hamkorlik bo‘yicha 10-yig‘ilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev hamda Vengriya Respublikasi Tashqi ishlar va savdo vaziri Piter Siyayrto “Stipendium Hungaricum” stipendiya dasturi bo‘yicha Hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumiga Qo‘shimcha bayonnomani imzoladilar.

Post image
15.07.2025 10:30
Ta’lim shaklini o‘zgartirish tartibi haqida

Oliygoh ichida faqat ta’lim shaklini o‘zini o‘zgartirish

Post image
11.07.2025 16:27
Qaysi imtihon uchun qaysi tashkilot ma’sul?

Bilimni baholash agentligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida o‘tkaziladigan turli imtihonlar va ularning mas’ul tashkilotlari quyidagicha belgilangan.