img Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti
Yorqin kelajakni birgalikda quramiz!
bg-banner
shape

Blog Image

14 Mar, 2025

PF-199-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barkarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-199-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha Olmaliq shahrida joylashgan Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti jamoasi va talabalar bilan birgalikda joriy yilning 9-noyabr kuni soat 14:00da o‘tkazilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida umumrespublika marafonida faol qatnashdi.  

O‘tkazilgan ushbu marafonda Universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, iqtidorli talaba-yoshlar ishtirok etishdi. “Yashil makon” umummiliy  loyihasi doirasida, universitetda turli xildagi manzarali ko‘chatlar ekildi.

Ipak yo‘li innovatsiyalar universitetining rasmiy  matbuot xizmati sahifalarini kuzatishda davom eting!


shape