Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida tartib-intizom va xavfsizlikni ta’minlash tadbiri bo‘lib o‘tdi
🎓 Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida tartib-intizom va xavfsizlikni ta’minlash tadbiri bo‘lib o‘tdi
- Universitet hududida talabalarning xavfsizligini ta’minlash, tartib va intizomni mustahkamlash maqsadida maxsus nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
- “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari talabalar bilan hamkorlikda nazorat ishlari olib borib, kirish qismida tartibga rioya etish, xavfsizlik qoidalariga amal qilishni targ‘ib qildilar.
- Ushbu tadbir Yoshlar yetakchisi Xo‘janazarova Maloxat boshchiligida tashkil etilib, talabalar o‘rtasida tartib-intizom, mas’uliyat va xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi.
- Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti talabalari uchun yaratilayotgan bunday sharoitlar ularning bilim olishi, rivojlanishi va xavfsiz muhitda ta’lim jarayonlarini davom ettirishlariga keng imkoniyat yaratmoqda.